Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning kabinetida ovoz tinglash moslamasi topilganidan so‘ng Ukraina Xavfsizlik xizmati jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Foto: Ukraina Qurolli kuchlari veb-sayti

UXX ta’kidlashicha, qurilma Zalujniyning ofisida emas, balki “kelgusida u ish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan” xonalardan birida topilgan. Maxsus xizmat, shuningdek, ma’lumotni saqlash yoki masofadan uzatish uchun hech qanday qo‘shimcha vositalar topilmaganini, qurilmaning o‘zi esa ishlamasligini ta’kidladi.

“Ukrainskaya pravda”ning UXXdagi manbalariga ko‘ra, qurilma 17-dekabr kuni Zalujniy ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lgan kabinetni tekshirish chog‘ida topilgan. Nashr manbalari bosh qo‘mondonning ayrim yordamchilarida ham tinglash moslamalari topilgani haqida xabar berdi.

Ukraina mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Anna Malyar telefon suhbatlari tinglanishi haqidagi xabarlarga izoh berar ekan, buni jiddiy emas deb atadi, chunki muloqot chog‘ida harbiylar doim ma’lumotlarning tarqalishi ehtimolini hisobga olib suhbatlashadi.

Noyabr oyidan beri Ukraina va xorijiy ommaviy axborot vositalari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Ukraina Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy o‘rtasida ehtimoliy mojaroni muhokama qilmoqda. Hammasi Zalujniyning The Economist gazetasiga bergan intervyusidan boshlandi, unda bosh qo‘mondon urush boshi berk ko‘chaga kirib qolgani va bir necha yillar davom etishi mumkinligini aytgandi. O‘z navbatida, Ukraina prezidenti Zalujniyning bahosiga ochiqchasiga qo‘shilmadi va harbiylar siyosat bilan shug‘ullanmasligi kerakligini aytdi. 

Zelenskiy ofisi mamlakat harbiy va siyosiy rahbariyati o‘rtasidagi bo‘linishni rad etmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »