Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy lavozimidan olingani haqida norasmiy xabarlar tarqaldi. Ukraina Mudofaa vazirligi mazkur xabarlarni rad etdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

29-yanvar kuni kechqurun ayrim Rossiya va Ukraina ommaviy axborot vositalarida Zalujniyning iste’foga chiqishi, uning o‘rniga Ukraina razvedkasi rahbari Kirill Budanov kelishi haqidagi mish-mishlar keng tarqaldi. Taniqli jurnalistlar ham Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy general Valeriy Zalujniyning isteʼfoga chiqishi haqidagi farmonni imzolaganini eʼlon qildi. 

Oliy Radaning ayrim deputatlari ham Zalujniy ishdan bo‘shatilgan yoki ishdan bo‘shatilmoqchi bo‘lganini da’vo qildi. Zelenskiyning matbuot kotibi Sergey Nikiforov bu mish-mishlarni rad etdi. Ukraina prezidenti o‘zining tungi videomurojaatida Zalujniy haqida gapirmagan. 

Economist muxbiri Oliver Kerroll Zelenskiy va Zalujniy 29-yanvar kuni uchrashganini, ammo Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondonini ishdan bo‘shatish haqidagi farmon imzolanmaganini ma’lum qildi.

General Zalujniyning o‘zi mahalliy vaqt bilan yarim tundan ko‘p o‘tmay Facebook'da Bosh shtab boshlig‘i Sergey Shaptala bilan hech qanday izohsiz tushgan suratini e’lon qildi.

2023-yil oxirida ko‘plab kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Valeriy Zalujniy o‘rtasidagi kelishmovchilik haqida xabar bergan edi. Rossiya bosqinini to‘xtatib, bosib olingan hududning bir qismini qaytarib olishga muvaffaq bo‘lgan harbiy general hozirda Ukrainadagi eng mashhur odamlardan biri hisoblanadi. 

G‘arb ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Ukraina prezidenti Zalujniyning tobora ommalashib borayotgani, uning “urush boshi berk ko‘chaga kirgani va pozitsiyali urushga o‘tilishi”ni e’lon qilganidan g‘azablangan.

Zelenskiy ushbu dalillarni sharhlar ekan, u va Zalujniy o‘rtasida ish munosabatlari borligini aytdi. 

“Zalujniyni ishdan olish Zelenskiy uchun foydali emas”

Ukraina prezidenti ofisi sobiq maslahatchisi Arestovich Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondonini ishdan olish Zelenskiy uchun foydali emasligini ta’kidladi.

“Agar Zelenskiy Zalujniy bilan raqobatdan qo‘rqsa, unda Zalujniyni hozir iste’foga chiqarish, uni kuchli siyosiy arbobga aylantirish demakdir. Chunki u harbiy xizmatchi sifatida Zelenskiydan endi hech narsa qarzdor bo‘lmaydi. U oddiygina Ukraina fuqarosi bo‘lib qoladi, u urush sharoitida xohlaganini ayta oladi va qila oladi”, — deydi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »