Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Zaporojye viloyati orqali Azov dengizi tomon harakatlanib, Qrimni izolyatsiya qilish uchun 2022-yilda qarshi hujumni amalga oshirmoqchi edi, ammo AQSH bunga rozi bo‘lmadi. Bu haqda Business Insider xabar berdi.

Foto: AFP

AQSH ushbu reja o‘rniga Ukraina Qurolli kuchlariga Xersonni nishonga olishni tavsiya qilgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham G‘arb hamkorlari bilan suhbat chog‘ida Zalujniyning rejasini qo‘llab-quvvatlagan.  

“Kiyev rejalarini amalga oshirish uchun Vashingtondan 90 ta qo‘shimcha gaubitsa va yetarli miqdorda artilleriya o‘q-dorilarini so‘ragan”, — deydi Trofimov.

Biroq AQSH o‘sha paytda Ukraina qo‘shinlari bu vazifani uddalay olmasligidan xavotirda bo‘lgan. Vashington nuqtayi nazaridan,“muvaffaqiyatsizlik ehtimoli bor edi va uning oqibatlari potensial halokatli edi”.

“Biz ularga buni Xersonda amalga oshirishni tavsiya qilganimiz sababi, Ukraina armiyasi janubga yuborish uchun o‘qitilgan xodimlar va jihozlarga ega emasdi”, — deydi ushbu muhokamalarda ishtirok etgan Pentagonning yuqori martabali rasmiysi.

Zalujniy AQSHning pozitsiyaga qo‘shilmagan va Ukraina “qo‘limizdan kelganicha emas, kerak bo‘lgan joyda hujum qilishi kerak”, degan. Biroq AQSH Ukrainaga beriladigan harbiy yordamning katta qismini nazorat qilgani bois bahs uzoq davom etmagan. 

Ammo Zalujniy 2022-yilda yuqori xavfli va yuqori mukofotli hujumni xohlagan. Biroq bu sodir bo‘lmagan va u qanday tugashini aniq bilish mumkin emasdi. Oxir-oqibat, Ukraina Azov dengiziga o‘tish umidida Zaporojyeda qarshi hujumni boshlagan, ammo bu Zalujniy rejalashtirganidan bir yil keyin, 2023-yilning kuzida sodir bo‘lgan. Bu safar Rossiya kuchlari ko‘proq tayyor bo‘lib chiqqan.

Ukraina Zaporojyedagi murakkab istehkomlar tarmog‘i bo‘lgan Surovikin chizig‘ini buzishga muvaffaq bo‘lgan. Reja dastlabki mudofaa chizig‘ini yorib o‘tish va G‘arb qurol-aslahalarining bosib olingan hududga kirishiga imkon berish uchun hududni kengaytirish edi, ammo bu amalga oshmagan. Agar Ukraina o‘shanda Zaporojyeni bosib olganida, urush hozir butunlay boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »