Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukrainaning 2024-yildagi asosiy harbiy maqsadi “Qrimni izolyatsiya qilish”dir. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy The Economist jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Nashrning taʼkidlashicha, “janob Zelenskiy Ukraina 2024-yilda nimaga erisha olishi haqida kam gapirdi”. Biroq “Qrim va Qora dengizdagi hudud bilan bog‘liq jang urushning markaziga aylanadi”.

“Qrimni izolyatsiya qilish va u yerda Rossiyaning harbiy salohiyatini pasaytirish biz uchun o‘ta muhim, bu mazkur hududdan hujumlar sonini kamaytirish yo‘lidir”, — dedi Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muvaffaqiyatli operatsiya “butun dunyoga o‘rnak” bo‘lib, Rossiya ichida “katta ta’sir” ko‘rsatadi. Ukraina prezidenti aynan qaysi operatsiyani nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmadi.

The Economist gazetasining yozishicha, Zelenskiy sharq va janubdagi maqsadlarini yoritishda unchalik ochiq emas”.

“Ukrainaning Ukrainani asl chegaralariga qaytarish bo‘yicha bildirilgan strategik ambitsiyalari o‘zgarmadi va o‘zgarmaydi, biroq u (Zelenskiy) endi Ukraina qaysi hududni deokkupatsiya qilishi mumkinligi haqida muddat belgilamayapti yoki hech qanday vaʼda bermayapti”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Zelenskiyning quruqlikdagi urushdagi bevosita vazifasi “sharqni himoya qilish, Ukrainaning sharqiy va janubidagi juda muhim shaharlarini, Xarkov, Dnepr, Zaporojye, Xerson, Nikolayevni qutqarish va o‘z mamlakatining muhim infratuzilmasini himoya qilishdir.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »