Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov Ukraina AQSHdan harbiy yordam kamaygan sharoitda nima qilishini aytdi. Bu haqda Danilov “Amerika ovozi”ga ma’lum qildi.

Foto: Reuters

U Ukraina AQSHdan zaruriy harbiy yordam paketini olishiga ishonch bildirdi, chunki gap “dunyoda sodir bo‘layotgan ko‘plab jarayonlarga javobgarlik va tushunish” haqida ketayotgani aytdi. Xususan, uning fikricha, yanvar oyida amerikalik qonunchilar bu masala bo‘yicha ovoz berishga qaytadi.

“Qo‘shma Shtatlardagi siyosiy jarayonga kelsak, bu aynan demokratiya hisoblanadi. Rioya qilinishi kerak bo‘lgan me’yor va qoidalar bor”, — dedi u.

Danilovga Ukraina AQSHdan yordam paketini olmagan taqdirda “B rejasi” bormi, degan savol berildi. Jumladan, jurnalistlarni Ukraina o‘z qurollarini — patronlar, snaryadlar, dronlar ishlab chiqarishi qiziqtirdi.

“Davlat va xususiy mudofaa-sanoat majmuamiz faoliyatiga kelsak, urush boshidanoq bu majmua mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini yuksaltirish ustida ishlay boshladi, yutuqlarimiz bor, qoloq emasmiz. Biz ishlab chiqarayotgan qurollar dunyoni hayratga soladi”, — dedi u.

Shuningdek, u hozir hamkorlar bilan birgalikda mudofaa korxonalarini tashkil etish jarayoni davom etayotganini aytdi.

“Ayrim mamlakatlarda hamkorlarimiz bilan hamkorlikda qurol ishlab chiqarish jarayonlari olib borilmoqda. Bunday mamlakat faqat bitta emas. Bir nechtasi borki, ularda g‘alaba uchun frontga zarur bo‘lgan komponentlar va narsalarni birgalikda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan”, — deb ta’kidladi u.

Danilovning so’zlariga ko‘ra, gap ushbu mamlakatlarning turli mutaxassislari, xususan, konstruktorlari haqida ketmoqda.

“Bizning sinovlarimiz jangga yaqin sharoitda emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri jangovar sharoitda o‘tmoqda. Harbiylarimiz esa u yoki bu qurolni aniq va tezkor baholaydi. Bizda bu borada yuqori malakali tajriba bor”, — dedi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »