Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Moliya vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, Kiyev Jahon bankidan “Ukrainada barqaror boshqaruv uchun davlat xarajatlarini qo‘llab-quvvatlash” dasturi doirasida 1,34 milliard dollar olgan.

Vazirlik bayonotida aytilishicha, moliyalashtirish Jahon bankining 1,086 milliard dollarlik krediti, 190 million dollar Norvegiya granti, AQSHdan 50 million dollar va Shveysariyadan 20 million dollardan iborat yordam asosida shakllantirilgan.

Foto: Google Images

“Xalqaro moliyaviy yordam moliyaviy va iqtisodiy barqarorlikni saqlashga katta hissa qo‘shadi va urush davrida ustuvor ijtimoiy xarajatlarni qoplashga imkon beradi”, — dedi Ukraina moliya vaziri Sergey Marchenko.

Vazirlik ushbu mablag‘lar Ukraina davlat budjetining xavfsizlik va mudofaa bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarini qisman qoplashga yo‘naltirilishini ma’lum qildi.

Xususan, bu mablag‘ keksalik bo‘yicha ijtimoiy nafaqalarga hamda Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xodimlariga beriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »