Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukrainalik uchuvchilarning birinchi guruhi Buyuk Britaniyadagi asosiy tayyorgarlik dasturini yakunladi va Daniyada F-16 qiruvchi samolyotlari bilan ishlashni boshladi, deb xabar bermoqda Britaniya hukumati.

Foto: AFP

Avgust oyida boshlangan trening ingliz tilida uchuvchilik va aviatsiya terminologiyasi bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan iborat bo‘ldi. Olti nafar tajribali ukrainalik uchuvchi o‘qishni tamomladi, yana o‘n nafar stajor Britaniyada asosiy parvoz mashg‘ulotlari, aviatibbiy tayyorgarlik va sentrifuga mashg‘ulotlari uchun qoldi.

“Kelajakda Ukraina yuqori samarali to‘rtinchi avlod F-16 qiruvchi samolyotlari asosida tashkil etilgan zamonaviy havo kuchlariga ega bo‘ladi. Bu qadam jahondagi yetakchi havo kuchlarining tayyorlovi bilan birgalikda Ukrainaning sovet davridan qolgan hozirgi imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirdi”, — dedi Britaniya Mudofaa vaziri Grant Shapps.

Yozda Niderlandiya Kiyevga 42 ta, Daniya esa 19 ta F-16 qiruvchi samolyotini va’da qilgan. Bundan tashqari, Kiyev Belgiyadan bir nechta qiruvchi samolyotlarni oladi. Dekabr oyining o‘rtalarida Niderlandiya Ukrainaga jo‘natish uchun dastlabki 18 ta uchoq tayyorlashni boshladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »