Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Belgiya hukumati 2025-yilda bir nechta F-16 qiruvchilarini Ukrainaga topshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Lyudivin Dedonder RTL telekanali efirida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Belgiya shuningdek, ukrainalik uchuvchilarni o‘z hududida, Daniya va, ehtimol, Yevropa Ittifoqining boshqa davlatida o‘qitishni davom ettiradi. Bundan tashqari, Belgiya hukumati Ukrainaga beriladigan F-16 qiruvchilarining to‘liq parkiga xizmat ko‘rsatishni taklif qiladi.

Dedonder bu haqda Bryusseldagi NATO mudofaa vazirlarining uchrashuvi va Ukrainaga qurol yetkazib berish bo‘yicha aloqa guruhi yig‘ilishi oldidan bayonot berdi.

11-oktyabr kuni ertalab Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy e’lon qilinmagan tashrif bilan Bryusselga keldi. U NATO mudofaa vazirlarining uchrashuvida qatnashadi.

Foto: Telegram

Avgust oyida Niderlandiya va Daniya ukrainalik uchuvchilar uchun treningni tugatganidan so‘ng, 60 dan ortiq F-16 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga topshirishini ma’lum qilgandi. Norvegiya ham Kiyevga samolyotlarni va’da qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »