Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ispaniya 2024-yil boshida Slovakiyaga bir guruh harbiy xizmatchilarni yuboradi. Bu haqda ABC Espana xabar berdi.

Foto: The Guardian
 

Yanvar oyida Ispaniya armiyasi Shimoliy Atlantika alyansining sharqiy qanotini himoya qilish uchun Slovakiya chegarasiga joylashtirila boshlaydi. Yangi missiyada 600 nafar ispan askari, Leopard tanklari va vertolyotlari ishtirok etadi.

“Qurolli kuchlar 2024-yil Slovakiyaga joylashishni boshlaydi. Atlantika alyansining sharqiy qanotidagi mavjudligini mustahkamlashga qaratilgan ushbu yangi missiyani jami 600 nafar askar tashkil qiladi”, — deyiladi bayonotda.

Ukrainadagi urush tufayli NATOni mustahkamlash

Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlanganidan keyin Finlyandiya alyansga qo‘shildi. Shvetsiya ham aʼzolik bo‘yicha qarorni kutmoqda. Ma‘lumki, NATO Rossiyaning ehtimoliy hujumiga javob berish uchun mintaqaviy rejalarni tayyorlamoqda. Alyans harbiy qo‘mitasi raisi, admiral Rob Bauerning taʼkidlashicha, alyans uchun eng katta tahdid Rossiya hisoblanadi.

Yozda Rossiya Mudofaa vazirligi “NATO tomonidan xavfsizlikka tahdidning kuchayishi” sababli g‘arbiy chegaralarda o‘z harbiy kuchlarini kuchaytirishini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »