Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarshi Shimoliy Yevropa davlatlari bilan yangi harbiy pakt tuzadi. U mintaqadagi Amerika askarlari va harbiy bazalari sonining ko‘payishini nazarda tutadi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Foto: Reuters

18-dekabr kuni Finlyandiya Qo‘shma Shtatlar bilan Amerika kuchlarini mamlakatga joylashtirish bo‘yicha kelishuv imzoladi. AQSH harbiylari Finlyandiyaning 15 ta harbiy bazasiga kirish imkoniga ega bo‘ladi. Shundan keyin Daniya ham Vashington bilan xuddi shunday kelishuvni e’lon qildi. Shvetsiya avvalroq bunday shartnoma imzolagan edi.

Bild sharhlovchisiga ko‘ra, Shimoliy Yevropa davlatlari Putinning Rossiyasidan himoyalanish uchun AQSH yordamiga muhtoj ekanini tushunib yetmoqda. Tuzilgan kelishuvlar Germaniya hukumati tomonidan diqqat bilan kuzatib boriladi. Shu bilan birga, Yevropada Donald Tramp 2024-yilda Oq uyga qaytsa, AQSH yordami zaiflashishi mumkinligidan xavotir kuchaymoqda.

“Qisqa muddatda biz Bundesverni qayta qurollantirishda ham, Ukraina masalasida ham AQSHning ko‘magiga bog‘liqmiz. Chunki bizda yetarlicha ishlab chiqarish quvvati yo‘q”, — dedi Germaniyaning hukmron koalitsiyasining bir qismi bo‘lgan FDP partiyasining harbiy eksperti Markus Faber Bild nashriga.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »