Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiya va Yevropani urishtirib qo‘yib, o‘z maqsadiga erishdi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida.

“AQSH bizni va Yevropani ataylab shu mojaroga tortdi, shu maʼnoda o‘z maqsadlariga erishdi: ular Rossiya va Yevropani bir-biriga qarshi qilib qo‘yishdi. Endi ular moliyaviy masʼuliyat va to‘lovlar yukini Yevropaga, irodasi zaiflarga yuklamoqda. Yevropadagi bugungi siyosatchilarning ‘umurtqasiz avlodi’ bunga qarshi tura olmaydi”, — dedi Rossiya prezidenti.

Foto: “TASS”

Avvalroq Putin G‘arb Rossiyaga qarshi gibrid urush olib borishda davom etayotgani, ular Kiyev rejimini razvedka ma’lumotlari bilan ta’minlab, qurollarni yetkazib berayotganini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, u Kiyevga yetkazib berilayotgan qurollar ichida aniq darajada harakatlanuvchi, uzoq masofaga uchuvchi raketa tizimlari, kassetali o‘q-dorilar va yangi dronlar borligini ta’kidlagandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »