Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa razvedka xizmatlaridan biri Rossiya 2024/25-yil qishida Yevropaga hujum qilishga urinishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda Bild xabar berdi.

 
Foto: Reuters

Xabarga ko‘ra, AQSH “o‘z yetakchisisiz” qolganida Rossiya Yevropaga zarba berishi mumkin, Vashington esa qisqa tanaffusdan keyingina yordamga keladi. Gap AQSHning amaldagi prezidentining 2024-yil noyabr oyi boshida lavozimini tark etishi va uning potensial vorisi tomonidan 2025-yil yanvarida lavozimga kirishishi o‘rtasidagi davr haqida ketmoqda.

Razvedka rasmiysining aytishicha, Rossiya rasmiylari sobiq prezident Donald Tramp Oq uyni qaytarib olishiga umid qilmoqda, chunki uning qo‘l ostida “hamma narsa bo‘lishi mumkin”. Avvalroq Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius mamlakat mudofaasiga yaxshi tayyorlanishi kerakligini aytgandi.

“Qurolli kuchlarda ham, sanoatda ham, jamiyatda ham ilgarilashimiz uchun 5-8 yil vaqtimiz bor”, — degan u.

Bundan tashqari, Germaniya 2027-yilga qadar to‘rt ming Bundesver askarini Litvaga o‘tkazish niyatida ekanligi ma’lum bo‘ldi: Germaniya tarixida birinchi marta butun bir brigada NATOning sharqiy qanotida — Rossiya bilan chegarada doimiy ravishda joylashtiriladi. Pistorius, shuningdek, Germaniyada majburiy harbiy xizmatni tiklashga chaqirmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »