Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning kabinetidan eshitish qurilmasi topildi. Zalujniy holat yuzasidan munosabat bildirdi. Bu haqda “RBK-Ukraina” xabar berdi.

Foto: Global Look Press
“Men sizga shuni aytaman: bu bugun men foydalanishim kerak bo‘lgan xona edi. Kecha tekshiruv chog‘ida u yerdan eshitish qurilmasi topildi”, — dedi Ukraina armiyasi bosh qo‘mondoni.

Ukraina razvedkasiga ko‘ra, kabinetda faqat bitta eshitish qurilmasi aniqlangan. Razvedka ushbu apparat Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni kabinetida emas, balki kelajakda foydalanishi mumkin bo‘lgan xonada topilganini bildirdi.

“Mening bir qancha ishlaydigan joylarim bor va ulardan birida bu sodir bo‘ldi. Uzoq vaqtdan beri u yerda bo‘lmaganman. Lekin tekshirdik va topdik”, — deya qo‘shimcha qildi Zalujniy.

Buni Ukraina Bosh shtabidagi kimdir qilgan bo‘lishi mumkinmi, degan savolga Zalujniy shunday javob berdi: 

“Yo‘q, biz ‘quloqlar’ bilan uzoq vaqtdan beri ishlamaymiz”.

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni mazkur voqeani “urush” deb baholadi.

“Bu xona avval ham ishlatilgan. Ammo tanaffus juda ahamiyatli edi. Shuning uchun bu mening uchrashuvimga ko‘ra tayyorlangan, shekilli”, — dedi Zalujniy.
  • Noyabr oyidan beri Ukraina va xorijiy ommaviy axborot vositalari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Ukraina Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy o‘rtasida ehtimoliy mojaroni muhokama qilmoqda.
  • Hammasi Zalujniyning The Economist gazetasiga bergan intervyusidan boshlandi, unda bosh qo‘mondon urush boshi berk ko‘chaga kirib qolgani va bir necha yillar davom etishi mumkinligini aytgandi. O‘z navbatida, Ukraina prezidenti Zalujniyning bahosiga ochiqchasiga qo‘shilmadi va harbiylar siyosat bilan shug‘ullanmasligi kerakligini aytdi. Zelenskiy ofisi mamlakat harbiy va siyosiy rahbariyati o‘rtasidagi bo‘linishni rad etmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »