Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukrainaning Zakarpat viloyati Keretskovskiy qishloq kengashi yig‘ilishi chog‘ida mahalliy deputat granatalarni portlatib yubordi, oqibatda yigirma olti kishi jarohat oldi. Bu haqda Ukraina milliy politsiyasi xabar berdi.

Foto: Ukraina milliy politsiyasi

Hodisa 15-dekabr, juma kuni Mukachevo tumanidagi Keretskovskiy qishloq kengashi binosida mahalliy vaqt bilan soat 11:30 atrofida sodir bo‘lgan. Qishloq kengashi deputati sessiya yig‘ilishiga granata olib kelgan va ularni portlatib yuborgan. Hodisa oqibatida 26 kishi tan jarohati olgan, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir.

Politsiyaning qayd etishicha, shifokorlar granatalarni portlatgan odamga reanimatsiya choralarini ko‘rmoqda.

Sessiya yig‘ilishida granata portlashi aks etgan videoda muhokama ketayotgan payt xonaga bir erkak kirganini ko‘rish mumkin. U munozarada qatnashmagan, lekin granatalarni chiqarib, ularni portlatgan.

Mahalliy Mukachevo.net nashri va jurnalist Vitaliy Glagoliyning yozishicha, gap “Xalq xizmatchisi” partiyasidan Keretskovskiy qishloq kengashi deputati Sergey Batrin haqida ketmoqda. Ayni paytda erkakning tirik ekani ma’lum. Sessiyada deputatlar mahallalarning 2024-yilgi budjetini qabul qilish masalalarini ko‘rib chiqqan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »