Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Oliy Radada safarbarlik to‘g‘risidagi qonunni muhokama qilish chog‘ida shaxsiy tarkib bilan bog‘liq murakkab vaziyat haqida gapirdi. Bu haqda NV xabar berdi.

Foto: Getty Images

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni mahbuslar va jinoyatchilarni armiyaga jalb qilish normasiga qarshi chiqqan. U armiya “yomon odamlar uchun emas”ligini ta’kidlagan.

“Menga odamlar kerak, ruslar allaqachon 400 ming kishini safarbarlikka chaqirgan va iyun oyiga 400 minggacha jangchi tayyorlamoqda. Kim bilan jang qilish kerak? Yo dunyoga yuzlanib, u yerdagi odamlardan so‘rang, yoki (armiyani askarlar bilan — “Daryo” tahriri) ta’minlay olmasangiz sizlar (deputatlar) urushga boring”, — dedi Zalujniy.

4-yanvar, payshanba kuni parlament qo‘mitasi safarbarlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqishga kirishdi. Zalujniy va mudofaa vaziri Rustam Umerov safarbarlikni kuchaytirish “urushning obyektiv tarkibiy qismi” ekanini aytdi.

8-yanvar kuni qo‘mita qonun loyihasining kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilishi kerak. Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy safarbarlikni kuchaytirishdan boshqa iloj yo‘qligini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »