Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hafta oxirigacha Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi farmonni imzolaydi. Bu haqda manbalarga tayanib, CNN xabar berdi.

Foto: Getty Images

Xabarga ko‘ra, 29-yanvar kuni Zelenskiy kabinetida Zalujniy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Unda Ukraina prezidenti bosh qo‘mondonni ishdan bo‘shatish rejasini e’lon qilgani aytilmoqda. Uchrashuvda mudofaa vaziri Rustem Umerov ham ishtirok etgan.

Ta’kidlanishicha, Ukraina razvedkasi rahbari Kirill Budanov va Ukraina armiyasi quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy bosh qo‘mondon lavozimiga ko‘rib chiqilmoqda. The Times va The Economist nashrlariga ko‘ra, ikkalasi ham tayinlanishdan bosh tortgan.

Dekabr oyida Kiyev Sotsiologiya instituti o‘tkazgan so‘rov shuni ko‘rsatdiki, Zalujniyni ukrainaliklarning 88 foizi qo‘llab-quvvatlaydi. Zelenskiyning ma’qullash reytingi 62 foizni tashkil etadi. The Washington Post nashrining yozishicha, prezident o‘z ittifoqchilari harbiy yordamni sekinlashtirgani uchun bosh qo‘mondonni ishdan bo‘shatish orqali ularga ta’sir o‘tkazmoqchi. Bundan tashqari, Zalujniy bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda aholining janglardan charchagani ham qayd etilgan.

  • Zelenskiy va Zalujniy o‘rtasidagi mojaro haqidagi maʼlumotlar bir necha oydan beri ommaviy axborot vositalarida tarqalmoqda. Bunday xabarlarning paydo bo‘lishiga birinchi sabab bosh qo‘mondonning The Economist gazetasidagi maqolasi bo‘lib, unda u jang maydonidagi vaziyatni boshi berk ko‘chaga kirib qolgan deb baholagan edi. Ukraina prezidenti esa bu fikga qo‘shilmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »