Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hukumati 29-yanvar kuni Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyni ishdan bo‘shatishni rejalashtirgan edi, biroq uning iste’fosi haqidagi ma’lumotlar oshkor qilingani sababli buni keyinga qoldirdi, dedi The New York Times nashriga ukrainalik sobiq yuqori lavozimli amaldor. 

Foto: Global Look Press

Rejalar bilan tanish bo‘lgan Ukraina parlamenti deputati buni tasdiqlab, Zelenskiy va Zalujniy 29-yanvar kuni kechqurun uchrashgani, biroq qaror qabul qilinmaganini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga to‘siqlardan biri bosh qo‘mondon lavozimiga Zalujniyning o‘rniga zudlik bilan boshqa nomzod topilmagani bo‘lgan.

The Economist nashrining yozishicha, Ukraina Qurolli Kuchlari quruqlikdagi kuchlari qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy va Ukraina razvedkasi rahbari Kirill Budanovlar bosh qo‘mondon lavozimiga nomzodlar sifatida ko‘rib chiqilgan. Nashrning ta’kidlashicha, Budanov “oxirgi daqiqada” bu lavozimdan bosh tortgan. Shu bilan birga, Budanovning yaqin hamkasbi u Zalujniyning lavozimiga ariza bermaganini, ammo bu lavozimni rad etishga haqli emasligini aytdi.

Gazeta 29-yanvar kuni kechqurun Zelenskiy va Zalujniy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tganini tasdiqlashga muvaffaq bo‘lganini, unda prezident bosh qo‘mondonni ishdan bo‘shatishini e’lon qilgani va unga boshqa lavozim — Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibini taklif qilganini yozdi. Biroq Zalujniy buni rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, 29-yanvar kuni kechqurun Ukraina ommaviy axborot vositalari va siyosatchilari Zalujniyning ishdan bo‘shatilishi haqida xabar tarqatishni boshladi. Xususan, Oliy Radaning sobiq deputati Borislav Bereza Ukraina prezidenti ofisidagi manbalarga tayanib, bosh qo‘mondon Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashiga rahbarlik qilish yoki elchi bo‘lish taklifini rad etganini aytdi. Shu bilan birga, Bereza Budanov va Sirskiy bosh qo‘mondon lavozimidan bosh tortayotganini ta’kidladi.

Radaning amaldagi deputati Aleksey Goncharenkoning aytishicha, Zalujniy Yevropa davlatlaridan biriga elchi bo‘lish taklifini rad etgan.

Ukraina rahbariyati Zalujniyning ishdan bo‘shatilishi haqidagi ma’lumotni rad etdi. “Hurmatli jurnalistlar, biryo‘la hammaga javob qaytaramiz: yo‘q, bu haqiqat emas”, — deb yozdi Ukraina Mudofaa vazirligi o‘zining Telegram kanalida.

Ukraina prezidentining matbuot kotibi Sergey Nikiforov keyinroq aniqroq bayonot berdi: “Albatta, yo‘q. Prezident bosh qo‘mondonni ishdan bo‘shatgani yo‘q”.

Financial Times nashrining yozishicha, Zalujniyni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi qaror avvalroq Ukraina prezidentining ofisida qabul qilingan, biroq vaziyat ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingani sababli ular buni keyinga surishga qaror qilishgan. Gazetaning yozishicha, Zelenskiy bosh qo‘mondonga mudofaa maslahatchisi lavozimini egallashni taklif qilgan va har qanday holatda ham o‘z lavozimidan chetlatilishini “aniq qilib bildirgan”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »