Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Darsda ishtirok etmayotgan o‘quvchilarning xonadoniga ogohlantirish xati yetkaziladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi

Foto: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati

Maʼlum qilinishicha, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Milliy gvardiya hamkorligida maxsus ishchi guruh tuzildi hamda bu borada kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar rejasi tuzib chiqilgan.

Qayd etilishicha, 2023-yili voyaga yetmaganlar tomonidan 3,5 mingta jinoyat sodir etilgan. Shundan 2 280 nafarini maktab o‘quvchilari sodir etgan. Mavjud muammolarga ijobiy yechim topish maqsadida maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkazilishi belgilandi.

Taʼkidlanishicha, endilikda ota-onalar va mahalla faollari ishtirokidagi maktab—ota-ona—mahalla hamkorligi uzviy tashkil etiladi. Shu maqsadda o‘quvchilarning darsda ishtirok etish ko‘rsatkichlari haqqoniyligini taʼminlash uchun “e.maktab elektron kundalik”ka o‘qituvchilar va sinf rahbarlari tomonidan o‘z vaqtida qaydlar kiritib boriladi. 

Foto: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati

Respublikadagi barcha maktablarga ota-onalarga yuboriladigan ogohlantirish xati namunalari yetkazilgan bo‘lib, bu orqali darsda ishtirok etmayotgan o‘quvchilar oila aʼzolarining masʼuliyati va javobgarligi ham oshiriladi. Endilikda maktab masʼullari tomonidan shu namunadagi ogohlantirish xati tezkor ravishda o‘quvchilarning yashash manzillariga yetkaziladi. 

Bunda ota-onalarning o‘z farzandlarining maktabga borishini taʼminlash masʼuliyatini oshirish maqsadida MJtK 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun har bir maktabga Milliy gvardiya ofitserlari biriktirildi. 

Uch kun davomida Milliy gvardiya bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor choralar natijasida 1000 dan ortiq maktabda o‘quvchilar davomati o‘rganilgan. Surunkali yoki muntazam dars qoldirayotgan 451 nafar o‘quvchining darsga qatnashishi taʼminlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »