Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Avtomobil ishlab chiqarish “Mercedes-Benz” korxonasining yagona yo‘nalishi emas. Joriy yilda kompaniya yirik loyihani amalga oshirishga qaror qildi.

Foto: Europa Plyus

Tez orada Dubayda yana bir diqqatga sazovor joy – balandligi 341metr bo‘lgan osmono‘par bino qad rostlaydi. Mazkur loyiha avtomobil sohasi giganti bo‘lgan “Mercedes-Benz” hamda Binghatti korxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Ilk uy egalari 2026-yilda ko‘chib kelishlari mumkin, lekin bunday joyda uylar narxi arzon bo‘lmasligi aniq. New York Post xabariga ko‘ra, bitta kvartiraning narxi 10 million dollargacha boradi, uylarning soni esa 150 dan ortiq. Turar joydan tashqari, uy narxiga haydovchi xizmatlari, shaxsiy avtoturargoh va hovuz kiradi. Keyinchalik mazkur ro‘yxatga boshqa qulayliklar ham kiritilishi mumkin.

Shuningdek, bino yuzasining bir qismi quyosh panellari uchun moslashtiriladi. Bunday usul ko‘p qavatli binodan foydalanishda mablag‘ni tejashga yordam beradi.  

Foto: Europa Plyus
Foto: Europa Plyus
Foto: Europa Plyus
Foto: Europa Plyus

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »