Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘pincha hatto jiddiy odamni ham kuldira oladigan quvnoq aktyorlar ekran ortida umuman kula olmaydi. Bir necha yil o‘tgach, ular qanday muammolar va kasalliklarga duchor bo‘lgani haqida ma’lum bo‘lgandagina buning sababi ayon bo‘ladi.

Aleksandr Demyanenko

“I operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari” komediyasi Aleksandr Sergeyevichdan haqiqiy mashhur odamni yaratdi, lekin shu bilan birga, uni bitta obrazning garoviga aylantirdi, bu esa uning keyingi ishlariga xalaqit berdi. “Kavkaz asirasi yoki Shurikning yangi sarguzashtlari”, “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” filmlari aktyorning mashhurligini yanada mustahkamladi.

Albatta, unga boshqa loyihalarda ishlash taklif qilinadi: “Maysazordagi nonushta”, “Ma’yus daryo”, “Yashil furgon”, ammo bu kartinalar muvaffaqiyatga erisha olmaydi.

90-yillarda Aleksandr Sergeyevich Moskvada “Qulupnay” komediyasida suratga tushishga rozi bo‘lgan paytda Sankt-Peterburgdagi teatrda ham ishlardi. Doimiy yo‘l azobi aktyorni juda charchatadi, shuning uchun u bir necha bor yurak xurujiga uchraydi. Shifokorlar unga rejalashtirilgan operatsiya tayinlashadi. Ammo uning yuragi operatsiyaga 1 kun qolganda urishdan to‘xtaydi — aktyor 1999-yil 22-avgustda 62 yoshida vafot etadi.

​Frunzik Mkrtchyan

“Mimino” va “Kavkaz asirasi” aktyorga olamshumul mashhurlik olib keladi. Uni ko‘plab kino muxlislari yaxshi ko‘rishardi. U haqiqiy muhabbati — ikkinchi xotini Donara Pilosyan bilan tanishadi, ularning baxtli nikohidan qizi va o‘g‘li tug‘iladi.

Aynan shu paytda aktyor hayotida qora kunlar boshlanadi: Donaraning ruhiy kasalligi borligi aniqlanadi va Frunzik uni eng yaxshi shifokorlarga ko‘rsatadi, ammo barchasi natijasiz tugaydi. Aktyor rafiqasini davolatish uchun karyerasini qurbon qiladi va bir muddat kinoni tark etadi.

Kuchayib boruvchi shizofreniya tufayli Mkrtchyan rafiqasini Fransiyaga davolanishga yuboradi, bolalarini esa yolg‘iz o‘zi tarbiyalay boshlaydi. Bir kuni aktyor o‘g‘li Vazgen ham o‘zini g‘alati tutayotganini payqab qoladi. Ma’lum bo‘lishicha, kasallik unga onasidan o‘tgan, shuning uchun Frunzik o‘g‘lini ham  rafiqasi yotgan klinikaga yuborishga majbur bo‘ladi. Afsuski, kasallik shu darajada zo‘rayadiki, hatto ona-bola bir-birini tanimaydi ham.

Aktyor uchinchi bor oila quradi, ammo bu nikohi ham unga baxt keltirmaydi. Keyin u spirtli ichimliklarga mukkasidan ketadi. Aytgancha, “Mimino” filmi suratga olinayotganda aktyor deyarli har doim mast bo‘lgan. Spirtli ichimliklar Frunzikning jigarini yemiradi, u hatto klinik o‘limni ham boshdan kechiradi. 1993-yil 29-dekabrda aktyorning ukasi Albert uni o‘lik holda topadi. 63 yoshli yulduzning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan.

“Frunzik o‘lishni xohlardi, unga intilardi, u haqda orzu qilardi. Uni o‘ldirgan vaqt ham emas, sharob va tamakiga bo‘lgan moyilligi ham emas... Yo‘q, u ataylab o‘z o‘limi tomon yurdi, o‘g‘li va xotinining kasalligi — ulkan qayg‘udan omon qolishga o‘zida kuch topa olmadi”, — deya ta’kidlagan Albert.

Yuriy Yakovlev

“Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” komediyasida Yakovlev xarakteri ikki xil bo‘lgan qahramonlarni gavdalantiradi: qudratli shoh va qo‘rqoq Bunsha. Lekin uning “O‘lik hujayralar”, “Kin-dza-dza”, “Ideal er” va boshqa filmlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Yakovlev, shuningdek, Dostoyevskiyning “Telba” romaniga moslashtirilgan filmda ham ishtirok etgan.

Aktyor uch marta oila quradi. Uning so‘nggi rafiqasi muzey direktori Irina Leonidovna Sergeyeva bilan turmush qurishi uni umrining oxirigacha baxtli qiladi. Biroq u bilan uchrashishdan oldin Yakovlev ichkilikka mukkasidan ketgandi. Rafiqasi bilan sayohat paytida aktyor pivo ichib oladi, bu esa uning uyqusini keltiradi va mashina ariqqa ag‘darilib ketadi. Shifokorlarning fikricha, aktyor juda omadli ekan, chunki bunday baxtsiz hodisalardan omon qolish deyarli mumkin emasdi.

Urush yillari Yuriy Vasilyevich uchun juda qiyin bo‘lgan — u bolaligida onasi bilan Moskvadan Ufaga ketishga majbur bo‘ladi. Ochlik tufayli shifokorlar unga ikkinchi darajali distrofiya tashxisini qo‘yishadi. O‘shanda ota-onasi o‘g‘lining omon qolish ehtimoli kamroq ekanligi haqida ogohlantiriladi, ammo 1943-yilda Yakovlevlar o‘z ona shaharlariga qaytishga muvaffaq bo‘lishadi, bu esa Yuraning barchaning sevimlisiga aylanishiga yordam beradi.

Nadejda Rumyanseva

“Benzakolonka malikasi”, “Qizlar” filmining yulduzi ajoyib karyeraga ega edi. Rumyanseva birinchi kadrdanoq tomoshabinlar qalbini zabt etadi. Shuningdek, u bo‘lajak turmush o‘rtog‘i — diplomat Villi Xshtoyanni ham o‘ziga maftun qiladi.

Agar 90-yillardagi voqea bo‘lmaganda, er-xotin uzoq va baxtli yashashi mumkin edi. O‘shanda ularning uyiga o‘g‘ri tushadi, ulardan biri Nadejda Vasilyevnaga og‘ir tan jarohati yetkazadi. Shu voqeadan so‘ng aktrisaning sog‘lig‘i yomonlashadi. Bir kuni zinapoyadan yiqilib, boshidan jarohat oladi.

Bu vaqtda Rumyansevaning karyerasi nihoyasiga yeta boshlaydi: u filmlar va multfilmlarga ovoz berishni to‘xtatadi. 2000-yillarning boshida aktrisa bosh og‘rig‘idan azob chekadi, tekshiruvdan keyin uning miyasida shish borligi ma’lum bo‘ladi. Aktrisa bu haqda hech kimga aytmaydi va operatsiyadan bosh tortadi.

Nadejda Vasilyevna hayotining so‘nggi yillarini gullar o‘stirib, yoga bilan shug‘ullangan holda dala hovlisida o‘tkazadi. Komedik filmlarning afsonaviy  yulduzi 2008-yilda 77 yoshida vafot etadi.​

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »