Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Filmlarda tomoshabinlarni ishontira oladigan darajada rol ijro etish oson emas. Bir aktyorning ikki yoki undan ko‘p obrazni yaratishi undan ham mashaqqatli jarayon. Quyida Gollivud yulduzlari egizaklarni gavdalantirgan eng yaxshi film va seriallar haqida so‘z boradi. 

Mark Ruffalo — “Men buni haqiqatligini bilaman”

​ “Men buni haqiqatligini bilaman” mini-seriali egizak aka-uka Dominik va Tomas haqida hikoya qiladi. Shizofreniya bilan og‘rigan ukasi tufayli Dominikning hayoti unchalik yaxshi kechmaydi. Ammo Dominik Tomasni psixiatriya shifoxonasida bo‘lishini xohlamaydi, shuning uchun u yerdan olib chiqish yo‘lini topishga harakat qiladi.

Aslida, tamoman teskari xarakterdagi ikki aka-uka rolini o‘ynash uchun Mark avvaliga bir necha kiloga ozadi, 16 hafta davomida Dominik ishtirok etadigan barcha sahnalar suratga olinadi. Kichik tanaffusdan so‘ng yo‘qotgan vazniga qaytgan Ruffalo Tomas rolini o‘ynaydi.

Tom Xardi — “Afsona”

“Afsona” real hayotdagi aka-uka Kreylar haqida hikoya qiladi. Reji Krey London jinoyat olamining bir qismini nazorat qiluvchi jinoyatchi. U paranoik shizofreniya bilan og‘rigan akasi Ronaldni ruhiy kasalxonadan olib chiqadi.

Mark Ruffalodan farqli o‘laroq, Tom aka-uka rolini birvarakayiga ketma-ket o‘ynagan.

Armi Hammer — “Ijtimoiy tarmoq”

Garvard talabasi Mark Sukerberg talaba qizlarning jozibadorligini baholash uchun dastur yaratadi va shundan so‘ng egizak aka-uka Uinklvosslardan butun boshli ijtimoiy tarmoq yaratish taklifini oladi. Mark bu taklifga rozi bo‘ladi, lekin vaqt o‘tishi bilan ishni orqaga sura boshlaydi. Ma’lum bo‘lishicha, Mark aka-ukalarning g‘oyasini o‘g‘irlab, ijtimoiy tarmoqni o‘zi yaratmoqchi bo‘ladi.

Dastlab rejissor Devid Fincher haqiqiy egizak aktyorlarni topmoqchi bo‘ladi, biroq u buni uddalay olmaydi va u Armi Hammer rolini o‘ynashga, shuningdek, suratga olish ishlariga model Josh Pensni chaqirishga qaror qiladi. Josh uka rolini o‘ynaydi, ammo post-prodyuserlikda uning yuzi Hammerning yuziga almashtiriladi. Armi va Joshning harakatlari sinxronlashtirilishini ta’minlash uchun ular 10 oy davomida mashq qiladi. Shu bilan birga, ba’zi sahnalarda Fincher an’anaviy suratga olish usuliga murojaat qilgan, u Armi Hammerni aka sifatida, keyin uka sifatida suratga olgan va keyin ikkita sahnani birlashtirgan.

Leonardo Di Kaprio — “Temir niqobli odam”

Leonardo Di Kaprio “Titanik“ filmida rol o‘ynashidan oldin ham ajoyib obrazlar yaratgan. Lekin ko‘pchilik Leo qirol Lyudovik XIV va uning egizak ukasi Filipp rolini o‘ynagan “Temir niqobli odam”ni unutadi.

Hikoyada d’Artanyan va uch mushketyor bir-biridan alohida hayot kechiradi, ammo d’Artanyandan tashqari ularning barchasini temir niqobli mahbus qirolning sirli ukasi ekanligi haqidagi xabar birlashtiradi. Mushketyorlar Lyudovik o‘rniga Filippni taxtga o‘tqizmoqchi bo‘ladi.

Lindsi Lohan — “Ota-onalar uchun tuzoq”

Film ijodkorlari haqiqiy egizaklar o‘rniga yosh aktrisa Lindsi Lohanni tanlab, unga bir vaqtning o‘zida ikkita obrazni ijro ettirib film suratga olishadi. Lohan uchun ish oson kechmaydi, chunki bu uning katta filmdagi debyuti edi. Shu sabab qiz qiynalmasligi uchun ma’lum bir sahnani suratga olish paytida egizagining gaplari quloqchin orqali aytib turilgan.

Pol Rudd — “O‘zing bilan til topishish”

Agentlikda kopirayter bo‘lib ishlaydigan Maylz Elliot hayotidan mamnun emas, shu sabab klonini yaratish bo‘yicha tajribaga rozi bo‘ladi. Shunga qaramay, ikkinchi Maylz Elliotning paydo bo‘lishi originali uchun haqiqiy syurprizga aylanadi. Klonidan foydalanishni boshlagan Maylz uning hamma narsani o‘zidan yaxshiroq qilishini va hatto undan yaxshiroq turmush o‘rtoqqa aylanganini tushunadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »