Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Netflix striming xizmati Janubiy Koreyaning “Kalmar o‘yini” serialining ikkinchi mavsumi tizerini taqdim etdi. Fragment 2024-yilda chiqariladigan loyihalar taqdimotiga kiritilgan.

Rolik birinchi mavsumning yakuniy sahnasini davom ettiradi. Unda o‘yin g‘olibiga telefon qilinib, bu qaroridan pushaymon bo‘lishi va’da qilinadi. “Nima bo‘lishidan qat’i nazar, baribir seni topaman”, — deydi Song Ki Xun suhbatdoshiga.

Bundan tashqari, Netflix ikkinchi mavsumning ilk kadrlarini ham namoyish etdi.

Premyeraning aniq sanasi hozircha oshkor etilmagan. Yangi epizodlarda bosh rollarni Li Byon Xun, Vi Xa Jon, Kong Yu, Im Si Van, Kan Xan Yul, Park Sun Xun, Yang Dong Geun va boshqa aktyorlar ijro etgan.

Serialdan tashqari, Netflix “Kalmar o‘yini”dan ilhomlanilgan musobaqa tarzidagi realiti shou ham ishlab chiqqan. Ularda 456 nafar ishtirokchi 4,56 million dollar uchun kurash olib bordi va faqat bitta g‘olib sovrin jamg‘armasini qo‘lga kiritdi. Shou ham ikkinchi mavsumda davom etadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »