Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 24-turida “Real” 10-fevral, shanba kuni “Jirona”ga qarshi bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq Vinisius Junior ajoyib zarba bilan hisobni ochdi. 35-daqiqada Jud Bellinghem hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.

Madridliklar ikkinchi bolimda ham faollikni pasaytirmadi va gollar urishda davom etdi. Dastlab, 54-daqiqada Jud dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, 61-daqiqada Rodrigo “qaymoqranglilar”ning 4-goliga mualliflik qildi. Qolgan daqiqalarda shu hisob saqlanib qoldi va Karlo Anchelotti shogirdlari 4:0 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi.

“Real” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 61 taga yetkazdi va musobaqa peshqadami bo‘lib qolmoqda. “Jirona” esa undan 5 ochko ortda qolgan holda 2-o‘rinda bormoqda.


La Liga

24-tur bahsi

10-fevral, shanba

“Real” – “Jirona” 4:0

Gollar: 1:0 – 6 Vinisius Junior, 2:0 – 35 Bellinghem, 3:0 – 54 Bellinghem, 4:0 – 61 Rodrigo.

“Real Madrid”: Lunin, Karvaxal, Tchuameni, Mendi (Fran Garsiya, 77), Kroos (Modrich, 70), Valverde, Kamavinga, Bellinghem (Braim Dias, 57), Vaskes, Vinisius Junior (Gyuler, 77), Rodrigo (Xoselu, 70).

“Jirona”: Gassaniga, Yan Kouto, Xuanpe, Erik Garsiya, Migel Gutyerres, Aleish Garsiya, Martin (Solis, 70), Portu (Torre, 46), Sigankov (Fernandes, 70), Savio, Dovbik (Stuani, 70).

Ogohlantirishlar: Xuanpe (21), Yan Kouto (68), Mendi (76).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »