Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha Stranja—2024 musobaqasida 11-fevral, yakshanba kuni final bahslari bo‘lib o‘tdi.

-71 kg vazn toifasida bahs olib borgan Iqboljon Xoldorov jazoirlik Mohamed Maheloufni 5:0 hisobida taslim etib, oltin medalga ega chiqdi.

-60 kg vazn toifasida Abdumalik Halokov tojikistonlik Asror Vohidovni qiyinchiliksiz ortda qoldirib, oltin medalni naqd qildi.

-54 kg vaznda Xo‘janazar Nortojiyev mezbon davlat bokschisi Yasen Radevni mag‘lubiyatga uchratdi.

-75 kg vazn toifasida Javohir Ummataliyev bolgariyalik Villiam Cholovni ayab o‘tirmadi. 5:0 va oltin medal.

+92 kg vazn toifasi vakili Jahongir Zokirov mezbon davlat bokschisining jangdan bosh tortganligi sababli, to‘g‘ridan-to‘g‘ri musobaqa g‘olibiga aylandi.

-50 kg vazn toifasida bahs olib borgan Sabina Boboqulova hindistonlik Zaren Nihatni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Shahzod Muzaffarov, Adhamjon Muhiddinovlar kumush medal sohibiga aylandi. 10-fevral kungi bahslarda Humorabonu Mamajonova, Asilbek Jalilov, Hasanboy Do‘stmatov, Dilshod Abdumurodov, Fazliddin Erkinboyev va Samandar Jalolovlar musobaqani bronza bilan yakunladi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada 6 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medalga ega chiqdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »