Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mazkur metro bekatlari nafaqat chiroyliligi bilan, balki o‘ziga xos tarixi va zamonaviy dizaynerlik yechimlari bilan ham dunyoga mashhur.

“Yuyuan bog‘i”, Shanxay

Shanxayning eng chuqur metro bekati shaharning sayyohlik markazida joylashgan. U o‘zining zamonaviy qiyofasini ikki yil oldin keng ko‘lamli restavratsiyadan so‘ng oldi. Nyu-Yorklik dizayner va me’morlar metro ustida oqib o‘tadigan Xuanpu daryosining konturlaridan ilhomlanib, metro bekatini “suv” uslubida loyihalashtirgan.

“Siti-Holl”, Nyu-York

1904-yilda ochilgan shahar hokimiyati metroning tojiga aylanishi kerak edi. Shahar hokimiyati to‘g‘ridan to‘g‘ri uning ustida joylashgan, shuning uchun stansiya alohida e’tibor bilan bezatilgan. Platforma o‘sha paytdagi moda art-deko uslubida bezatilgan. Shoxli qandillar, vitraj va plitkalar — bularning barchasi haligacha Nyu-York metrosining ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi.

Ammo shahar yildan yilga kengayib boradi, vaqt o‘tishi bilan mazkur platforma yo‘lovchi poyezdlarining yangi standartlariga javob bermay qoladi. Shuning uchun stansiya 1945-yilda yopilgan.

“Mayakovskaya”, Moskva

Moskvaliklar “Mayakovskaya”ni shunchalik yaxshi ko‘radilarki, so‘nggi yillarda u eng chiroyli va eng romantik stansiya nomiga ega bo‘ldi. Garchi u 86 yil oldin ochilgan bo‘lsa-da, bugungi kunda ham juda futuristik ko‘rinishini saqlab qolgan. O‘z davri uchun noyob bo‘lgan me’moriy loyiha ochilishidan oldin ham ko‘pchilikning diqqatini tortgan —1937-yilda stansiya Parijdagi Butunjahon ko‘rgazmasida e’tirof etiladi. Ikki yil o‘tgach, obyekt Nyu-Yorkdagi xalqaro ko‘rgazmada Gran-priga sazovor bo‘ladi.

“Toledo”, Neapol

Ajoyib shakllar, yaxshi o‘ylangan yorug‘lik va aqlbovar qilmaydigan miqdordagi oq va ko‘k mozaikalar yo‘lovchilarda suvosti dunyosi yoki muz qirolligiga kelib qolgandek hissiyotni beradi. “Toledo” o‘zining zamonaviy qiyofasini butun dunyoga mashhur dizayner va me’morlar Neapol metrosining loyihasini o‘z zimmalariga olib, shahar metro bekatlarini qurish va ta’mirlash bo‘yicha Stazioni dell’arte (“Art Stations”) dasturi tufayli oladi.

Yangilangan stansiya 2013-yilda ochiladi va darhol yilning eng yaxshi jamoat binosi uchun nufuzli LEAF arxitektura mukofotini qo‘lga kiritadi. O‘shandan beri “Toledo” muntazam ravishda dunyodagi eng chiroyli metro bekatlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallaydi.

“Solna-Sentrum”, Stokgolm

G‘ayrioddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan yana bir metro bekatlaridan biri —  “Solna-Sentrum” yorqin ranglarga bo‘yalgan: qizil rang botayotgan quyoshni, yashil rang esa o‘rmonni anglatadi. Ular 70-yillardagi Shvetsiyaning muhim ijtimoiy muammolarini aks ettiruvchi rasmlar bilan to‘ldirilgan: yomonlashgan ekologiya, o‘rmonlarning yo‘q qilinishi va qishloq aholisining kamayishi mazkur bekatda o‘z aksini topgan.

“Yongvan”, Pxenyan

Internetda Pxenyan metrosining fotosuratlari yo‘q yoki Shimoliy Koreya haqidagi boshqa ma’lumotlar kabi ochiqlanmagan. Biroq “Yongvan” stansiyasi bundan mustasno, uni har tomondan ko‘rish mumkin. Sababi metro qurilishi yillarida mamlakat rahbariyati o‘ziga xos dizayn yechimlarini ayamagan.

Ichi juda keng va o‘ziga xos tarzda chiroyli. Butun vokzal ustunlar va yarim doira gumbazlari bo‘lgan sobor shaklida qurilgan, devorlari esa Pxenyanning sokin landshaftlari tasvirlangan rasmlar bilan bezatilgan. Bekatning asosiy diqqatga sazovor joyi bu — qandillardir. Unda Shimoliy Koreyaning milliy guli — begoniya aks etgan.

“Formoza bulvari”, Gaosyun

Stansiya 2009-yilda Tayvanda bo‘lib o‘tgan Jahon o‘yinlari boshlanishidan oldin ochilgan. Shisha san’atining eng katta instalyatsiyasi bo‘lgan “Gumbaz yorug‘ligi” tufayli u muhim turistik diqqatga sazovor joyga aylandi. Diametri 30 metr bo‘lgan ulkan doira suv, olov, tuproq va havo ramzi bo‘lgan 4000 dan ortiq vitraj panellardan tashkil topgan. “Formoza bulvari” doimiy ravishda turli reytinglardan o‘rin oladi. Masalan, 2014-yilda CNN Travel portali mazkur obyektni dunyodagi eng chiroyli metro bekatlari ro‘yxatiga kiritgan.

Dunyodagi eng go‘zal metrolar ro‘yxatida “Alisher Navoiy” metro bekati ham bor

“17 Cities around the world whose metro stations will inspire you to take public transport” (“Metro bekatlari sizni jamoat transportidan foydalanishga ilhomlantiradigan dunyodagi 17 shahar”) ro‘yxati Distractify saytida chop etilgan bo‘lib, undan Toshkent ham o‘rin olgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »