Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Rossiya davlat dumasi deputati Yana Lantratova maktablarda 24-fevral kunini “maxsus harbiy operatsiya” (Ukrainadagi urushning boshlanishi) boshlangan kun sifatida nishonlashni taklif qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: “Kommersant”

Lantratovaga ko‘ra, shu kuni o‘quvchilarga urushning “sabablari” va “asosiy voqealar rivoji” bo‘yicha ma’lumot beriladi. Rus deputati ta’lim vaziri Sergey Kravtsovga tegishli sana bo‘yicha “maktab miqyosida tadbirlar” dasturini tayyorlashni taklif qildi. Deputatning rejasiga ko‘ra, 24-fevral kuni harbiy xizmatchilar maktablarga taklif qilinishi yoki bolalarga urush haqidagi videoroliklar namoyish etilishi kerak. “Kollektiv G‘arb” mamlakatlari esa urush voqealari yuzasidan “dezinformatsiya va qalbakilashtirish” tarqalishini kuchaytirmoqda.

Lantratovaning so‘zlariga ko‘ra, “Ommaviy axborot vositalarida ‘maxsus harbiy operatsiya’ni vatanparvarlik pozitsiyasidan yorituvchi materiallar tanqisligi” kuzatilmoqda, “kollektiv G‘arb” mamlakatlari esa urushga oid xabarlarda “dezinformatsiya va qalbakilashtirish”ga yo‘l qo‘ymoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »