Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Rossiya Davlat Dumasi favqulodda vaziyatlardan tashqari maktablarda mobil telefonlardan foydalanishni cheklovchi qonunni qabul qildi. Bu haqda Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodinga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi. 

Foto: “TASS”

Qabul qilingan hujjatda aytilishicha, telefonlardan o‘quvchilar yoki maktab xodimlarining hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda, shuningdek, “boshqa favqulodda vaziyatlarda” foydalanish mumkin. 

“Taʼlim to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi. Darsda mobil telefondan foydalanish taqiqlanadi (favqulodda vaziyatlar bundan mustasno). Ota-onalar va o‘qituvchilar ushbu normani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Qabul qilingan qaror farzandlarimiz uchun ta’lim sifatini yanada takomillashtiradi”, — dedi Volodin.

Deputatlar, shuningdek, mehnat (texnologiya) fani maktablar ta’lim dasturining majburiy qismiga kiritiladigan tuzatishni ham qabul qildi.

“Mehnat ta’limi ta’lim jarayonining ajralmas qismidir. Agar bola yoshligidan mehnatsevarlikka o‘rgatilsa, kelajakda hamma narsa yaxshi bo‘ladi”, — dedi Davlat Dumasi spikeri.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »