Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘izistonda ham yaqin kunlarda havo harorati keskin sovib ketishi kutilmoqda

Foto: Sputnik

Prognozlarga qaraganda, Qirg‘izistonga qattiq sovuqlar yaqinlashmoqda. Bir necha kundan keyin Bishkekda havo harorati 11-13 daraja sovuq bo‘lishi aytilmoqda.

17-fevral kuni havo juda sovuq bo‘lishi qayd etilgan. Mamlakatning aksariyat hududlarida qor yog‘ishi, ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Chuy viloyatida 18-fevral kuni kechasi 14 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Bundan avval Qozog‘istonda harorat 32 darajagacha sovib ketishi aytilgandi

13—14-fevral kunlari Qozog‘istonning aksariyat hududlarida ob-havo keskin sovib ketishi kutilmoqda. Mutaxassislar yomg‘ir va qor shaklida yog‘ingarchilik bo‘lishi, shimoliy hududlarda kuchli qor yog‘ishi, yerlar muzlashini prognoz qilgan.

Shuningdek, Qozog‘iston g‘arbida havo harorati 5 daraja sovuq va 5 daraja iliqqacha; shimoliy, markaziy sharqiy viloyatlarda 5 daraja sovuq va 2 daraja iliqqacha ko‘tarilishi mumkin. Fevral oyining o‘rtalariga kelib siklon Qozog‘iston hududini tark etadi, uning o‘rnini qorsiz Arktika antisikloni egallaydi, u respublikaning shimoliy yarmiga sovuqni qaytaradi.

Mamlakatning g‘arbiy, shimoli-g‘arbiy va shimolida 15-fevralga qadar havo harorati kechasi 22-32 daraja, kunduzi 15-27 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda. Respublikaning qolgan hududlarida esa harorat bilan bog‘liq o‘zgarishlar bo‘lmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »