Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eronning Borujen shahridagi magistral gaz quvurida portlash va yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar rahbari Fattoh Karimiyga tayanib, Mehr agentligi xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Quvurning ushbu qismidagi gaz ta’minoti to‘xtatilgan. Voqea joyida qutqaruv va o‘t o‘chirish brigadalari ishlamoqda. 

“Quvurlarda gaz bor ekan, alanga davom etaveradi”, — deydi Fattoh Karimiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Qaz quvuri yaqinidagi yo‘lda o‘tgan transport vositalariga hech qanday zarar yetmagan.

“Dahshatli portlash ovozi va uning oqibatida kelib chiqqan yong‘in mamlakatning Borujen shahridagi Xolvay dovoni va Beldaji shossesi o‘rtasidagi magistral gaz quvurida sodir bo‘lgan, qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, 2-fevral kuni Keniya poytaxti Nayrobida gaz portlashi va kuchli yong‘in sodir bo‘lgan edi. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 271 kishi jarohatlangan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »