Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining nimchorak finalida Qarshining “Nasaf” jamoasi BAAning “Al-Ayn” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 14-fevral, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Foto: "Nasaf"

Bu uchrashuv “Nasaf” uchun yangi mavsumning birinchi rasmiy uchrashuvi bo‘lsa, “Al-Ayn” 5 kun oldin BAA Kubogi doirasidagi “Al-Ittihod Kalba”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi va g‘alaba qozondi.

Amirliklarda hozir futbol mavsumi davom etmoqda. Jamoa chempionatning ikkinchi o‘rnida bormoqda. Ular yetakchi “Al-Vasl”dan 8 ochko kam to‘plagan.

Jamoa bosh murabbiyi klub uchun taqvim juda tig‘iz ekanligi haqida aytib o‘tdi.

Foto: "Nasaf"

Qarshining “Nasaf” jamoasi mavsum oralig‘ida tarkibini yangi yulduzlar bilan to‘ldirdi. Ammo tarkibda muammolar mavjud.  Bugungi o‘yinni OAVdagi xabarlarga tayanadigan bo‘lsak, Sherzod Nasrullayev, Zafarmurod Abdirahmatov, Alibek Davronov, Zoran Marushich, Umid Ergashev va Islom Kenjaboyev kabi tajribali o‘yinchilar o‘tkazib yuborishi mumkin.

Foto: "Nasaf"

Bundan tashqari, Berdiyev Zafarmurod Abdirahmatovning holati haqidagi savolga to‘xtalib, uning ruhiy holati yaxshi ekanligini aytib o‘tdi. U shamollagani sababli 3-4 kun mashg‘ulotlarda ishtirok etolmaganiga qaramasdan, katta ehtimol bilan maydonga tushadi.

“Nasaf” “Al-Ayn” klubiga qarshi ikki bora to‘qnash kelgan. Qashqadaryoda durang qayd etgan jamoa, mehmonda kichik (0-2) hisobida mag‘lubiyatga uchragan. “Nasaf” bosh murabbiyi bu o‘yindan keyin ikki jamoada katta o‘zgarishlar bo‘lganini, raqib hozir butunlay o‘zgacha jamoa ekanligiga to‘xtaldi.

Foto: "Nasaf"

Ushbu o‘yin kurashlarga boy bo‘ladi. Ro‘ziqul Berdiyev jamoa yangi mavsumning birinchi uchrashuvida maydonga tushayotgani sababli ham ehtiyotkor o‘yin taktikasini tanlashini aytib o‘tdi. Bundan tashqari, murabbiy raqibning hujumkor o‘yin ko‘rsatayotganiga alohida to‘xtaldi.

Raqib jamoa bosh murabbiyi Ernan Krespo Qarshi jamoasini yaxshi o‘rgangani va ularni hurmat qilishini alohida ta’kidladi. Shunga qaramay, ta’kidlash mumkinki, “Al-Ayn” jamoasining aksar o‘yinchilari legioner ekanligini hisobga olinsa, Chempionlar Ligasidagi limit sabab, ularning ko‘pchiligi Chempionlar Ligasi bahslarida ishtirok eta olmaydi. “Al-Ayn” jamoasi bugungi o‘yinda rotatsiya ishlarini amalga oshiradi.

Guruh bahslarida ikki jamoa ham yetakchi o‘rinni egalladi. “Nasaf” bu natijaga 11 ochko bilan erishgan bo‘lsa, “Al-Ayn” A guruhida 15 ochko bilan yetakchilikni qo‘lga kiritdi.

“Al-Ayn” guruh bosqichida 17 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ular “Kavasaki” jamoasi bilan birgalikda guruh o‘yinlari yetakchisi. Ammo jamoa 6 o‘yinda 9 bora o‘z darvozasining daxlsizligini saqlay olmagan.

“Nasaf” guruh o‘yinlarida kamroq gol urdi: 10 ta. Qarshiliklar 6 bora o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan.

Guruhdagi o‘yinlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, bugungi o‘yinda BAA klubi hujumkor o‘yin ko‘rsatishini taxmin qilish mumkin.

“Nasaf” ham hozirda kuchli hujumchilarga ega, tarkibga O‘zbekiston termasi hujumchisi Bobur Abduxoliqovning jalb qilinganini hisobga olsak, bu o‘yinda Qashqadaryo jamoasining ham raqib maydonida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishini kutsa bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »