Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining nimchorak final bahsida Qarshining “Nasaf” jamoasi 14-fevral, chorshanba kuni “Al-Ayn”ga qarshi maydonga tushdi.

Foto: “Nasaf”

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Qarshiliklar bir nechta xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi, xususan, Bobur Abduxoliqov qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.

Ikkinchi bo‘limda ham jamoalar ehtiyotkorroq o‘yin uslubini tanladi. O‘yin oxiriga qadar 0:0 hisobi saqlanib qoldi va uchrashuv durang natija bilan yakunlandi.

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yinida 21-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. 


OCHL

1/8 final bahsi

14-fevral, chorshanba

“Nasaf” – “Al-Ayn” 0:0

“Nasaf”:  35. Abduvohid Ne’matov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 6. Murodbek Rahmatov, 22. Igor Golban, 28. Shuhrat Muhammadiyev (44. Shahzod Akramov, 84), 7. Akmal Mozgovoy, 9. Javohir Sidiqov (88. Marko Stanoyevich, 63), 30. Temur Chogadze (20. Viktor Da Silva, 63), 77. Oybek Bozorov (45. Zoran Marushich, 84), 14. Sharof Muhitdinov (34. Sherzod Nasrullayev, 54), 97. Bobur Abduxoliqov.

“Al-Ayn”: 17. Holid Eysa, 3. Kuame Kuadio, 16. Holid Muhammad Alhoshmi, 40. Holid Al Blushi (8. Muhammad Abbas Alblushi, 73), 5. Park Yong Vo, 6. Yahyo Nodir, 11. Bandar Muhammad, 21. Sofion Rahimi, 42. Jonatas, 70. Abdul Karim Traore, 9. Kojo Laba.

Ogohlantirishlar: Javohir Sidiqov (10), Igor Golban (13), Holid Al Blushi (18), Akmal Mozgovoy (45), Kuame Kuadio (81), Marko Stanoyevich (84).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »