Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi maktab hududida 3-sinf o‘quvchisi o‘lik holda topilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, 2024-yil 10-fevral kuni taxminan kechki soat 20:00 larda Yunusobod tumani 259-sonli umumta’lim maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Y.M. kechki nazorat olib borayotgan vaqtida ko‘chada o‘ynab yurgan bolalar kelib, unga maktab orqasida bola yiqilib yotganini aytgan. 

Shundan so‘ng Y.X. maktabning orqa tomonida bolalar aytgan joyga zudlik bilan borganda taxminan 10-11 yoshlar atrofidagi o‘g‘il bola hushsiz yotganini ko‘rib, shu zahoti 103 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan va tez tibbiy yordam mashinasini chaqirgan. Shuningdek, “Sobirobod” mahallasi profilaktika inspektori O.O.ga xabar bergan.

Inspektor zudlik bilan yetib kelgan, ammo bola hushiga kelmagani va tez tibbiy yordam mashinasi kechikavergani sababli M.X. bolani Toshkent shahar 7-shahar kasalxonasiga mashinada olib ketgan. Bola kasalxonada tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan vafot etgan.

Qayd etilishicha, bola dars jarayonida vafot etmagan. Holat shanba kuni yuz bergan, bu kuni boshlang‘ich sinflarda dars mashg‘ulotlari bo‘lmaydi.

Hozirda bolaning vafoti yuzasidan Ichki ishlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »