Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryodagi maktabda o‘qituvchilar janjali oqibatida ulardan biri hushini yo‘qotib, shifoxonaga olib ketildi. Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Keltirilishicha, videotasvirlarda Ko‘kdala tumani maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 89-umumtaʼlim maktabi direktori o‘rinbosari A.S. va ingliz tili fani o‘qituvchisi B.M.lar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqqan. Oqibatda ingliz tili fani o‘qituvchisi B.M. hushidan ketib yiqilgan. 

“Sobiq o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Azizova Sayyora 2023-yil 14-noyabrda o‘z arizasiga asosan ishdan bo‘shatilgan. 2024-yil 31-yanvarda Chiroqchi tumanlararo sudi qaroriga asosan Azizova Sayyora vazifasiga qayta tiklangan. Ammo maktab direktorining buyrug‘i chiqmagan bo‘lsa-da, maktab faoliyatiga aralashib kelgan. Kelishmovchilik oqibatida ingliz tili fani o‘qituvchisi B.M. hushidan ketib yiqilgan. Maktab maʼmuriyati tomonidan zaruriy yordam ko‘rsatilgan va B.M. turmush o‘rtog‘i, o‘qituvchilar yordamida shaxsiy avtomobili bilan Qarshi shahriga tez yordamga olib ketilgan”, — dedi Ko‘kdala tumani 89-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi direktori Kamol Turdiyev.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »