Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyatida tunda mashinalar ballonini yechib ketayotgan guruh ushlandi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi

Kadr: Telegram

Unga ko‘ra, 21-yanvar kuni Yangiyo‘l shahar IIBga kelib tushgan xabar asosida IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida tungi vaqtda avtomashina shinalarini yashirin ravishda yechib, mashinalarni g‘ishtlarga o‘tqazib, shinalarni pullayotgan jinoiy guruh qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, Yangiyo‘l shahrida yashovchi, 2001-yilda tug‘ilgan B.I. tengdoshi J.A. va sherigi 1997-yilda tug‘ilgan N.N.lar bilan birgalikda o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilib, Yangiyo‘l shahri, Yangiyo‘l va Quyi Chirchiq tumanlarida o‘nga yaqin Cobalt’larning shinalarini tunda yashirin ravishda yechib olib, sotib yuborgan va pullarini shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida yuqorida qayd etilgan shaxslar protsessual tartibda qo‘lga olinib, ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »