Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyatida 600 dan ziyod fuqaroni qariyb 6,5 milliard so‘mga chuv tushirgan sheriklar qidirilmoqda. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Keltirilishicha, Farg‘onaning Dang‘ara tumanida 1993-yilda tug‘ilgan S.N. o‘tgan yilning 19-sentyabr kuni Qarshi shahrida “Qarshi kredit” MCHJ ochgan. Unga Toshkent shahrida 1999-yilda tug‘ilgan S.J.ni ish boshqaruvchi etib tayinlagan. Biroq S.J. savdo-sotiq, reklama ishlari bilan shug‘ullanishi kerak bo‘lsa-da, ko‘plab fuqarolarning pullarini kredit berish orqali jalb etishga erishgan. 

Jinoiy sheriklar birgalikda juda ko‘p mablag‘larni o‘zlashtirish maqsadida fuqarolarga dastlabki to‘lov evaziga kreditga pul berishga kelishib, oldindan 20 foizini olib qolgan, vaʼda qilingan pullarni mijozlarga naqd pul shaklida berishini aytgan. Shu orqali ular 606 nafar fuqarodan 6 milliard 462 million 550 ming so‘m pullarni qabul qilib olgan. 

Holat yuzasidan 2023-yil 4-oktyabr kuni Qarshi shahar IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar nomaʼlum tomonga yashiringani sababli ularga qidiruv eʼlon qilingan. Ular haqida xabar berganlarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »