Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi Andijon viloyatidagi dorixonada, retsept asosida beriladigan “Siklodol” dori vositasini bemorlarga maʼlum miqdorda berilayotgani haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Foto: “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi

Qayd etilishicha, “Siklodol” (Xalqaro patentlanmagan nomi: “Trigeksifenidil”) dori vositasi parkinsonizm kasalligi bilan kasallangan bemorlarga buyuriladi. “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi “O‘zbekiston dori taʼminoti” MCHJ kompaniya tizimidagi jamiyatlarni retsept asosida beriladigan dori vositalari bilan taʼminlaydi. 

“O‘zbekiston Dori taʼminoti” MCHJ omborxonasida “Siklodol Grindeks 2 mg tab №50” (Latviya “Grindeks” AJ) dori vositasi mavjud bo‘lib, “Andijon Dori-Darmon” AJ tomonidan hozirda mazkur dori vositalarini bemorlarga yetkazish choralari ko‘rilyapti.

Shuningdek, ayni kunlarda “Siklodol Grindeks 2 mg tab №50” dori vositasining yangi partiyasi kompaniya bojxona omboriga keltirilgan hamda belgilangan tartibda sertifikatsiyadan o‘tkazish ishlari amalga oshirilyapti.

Parkinsonizm kasalligini davolashda qo‘llanadigan bu dori vositasi O‘zbekistonga asosan import asosida olib kelinadi, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchi Neogalenpharm MCHJ tomonidan “Trigeksifenidil 5mg №50” savdo nomi bilan ishlab chiqariladi.

Maʼlumot uchun, “Siklodol” (Trigeksifenidil) psixotrop dori vositasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan 3-ro‘yxat, yaʼni O‘zbekistonda muomalasi cheklangan psixotrop dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan. 

Mazkur dori vositasini realizatsiya qilish giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va realizatsiya qilish (berish) faoliyatiga litsenziyasi mavjud bo‘lgan dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »