Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekiston temir yo‘llari“ AJ tarkibidagi Markaziy klinik shifoxona yopilayotgani, hozir davolanayotgan bemorlar o‘z hisobidan dori-darmonlarni sotib olayotgani haqida xabarlar tarqaldi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” holatga izoh berdi

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Unga ko‘ra, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga qiruvchi barcha tibbiyot muassasalari, xususan, prezidentining 10-oktyabrdagi “O‘zbekiston temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil etilgan “Temir yo‘l ijtimoiy xizmatlar”ga tegishli, mamlakatda temiryo‘lchilar va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish davom etmoqda.

Xususan, bugungi kunga qadar 234 bemor davolanmoqda, ulardan 139 nafari temiryo‘l ishchilari, 95 nafari pulli asosda davolanmoqda. Bemorlarga dori-darmonlar talabnomaga muvofiq belgilangan dorilar formulyariga asosan shifokor ko‘rsatmasiga binoan bepul berilib kelinmoqda. 

Shuningdek, zarur hollarda bemorning kasallik holatiga qarab shifokor ko‘rsatmasiga asosan shifoxona formulyari ro‘yxatiga kiritilmagan dori vositalari Sog‘liqni saqlash vazirligining “Tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarini tayinlash, xalqaro patentlanmagan nomlanishi bo‘yicha retseptlarni rasmiylashtirish hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga asosan bemorlarga retsept ko‘rinishida yozib berish belgilangan.

Shu bilan birga, bu kunlarda davolanayotgan bemorlar bilan suhbat o‘tkazilganda shifokorlar tomonidan malakali tibbiy ko‘rsatilayotgani, zarur dori-darmonlarning mavjudligi, bemorxonalar ozodaligi va tibbiy xodimlarning xushmuomalaligini taʼkidlab, o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdi.

“Xulosa qilib shuni maʼlum qilamizki, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Markaziy klinik shifoxonaning yopilayotgani to‘g‘risidagi maʼlumotlar asossiz”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »