Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda Ukraina kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Antistrumin-Darnitsya” preparati surati ilova qilingan xabarda mazkur dori vositasidan O‘zbekistonda bolalar nobud bo‘lgani hamda ushbu preparatni qo‘llamaslik to‘g‘risida nomaʼlum ayol kishiga tegishli audio tarqalmoqda. Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi davlat muassasasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, dori vositasi tibbiyot amaliyotida qo‘llanishi uchun qonunchilikka muvofiq, qoida tariqasida dastlab davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi zarur. Mazkur jarayonda dori vositasining tegishli hujjatlari o‘rganilib, markaz laboratoriyalari tomonidan uning sifati, xavfsizligi va samaradorligi tasdiqlangandan so‘nggina, ijobiy xulosalar asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositasining har bir seriyasi sertifikatlashtirish jarayonidan o‘tib, har bir seriya mahsulotga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi.

Maʼlum qilinishicha, audioxabarga surati ilova qilingan Ukraina kompaniyasiga tegishli “Antistrumin-Darnitsya” dori vositasi mamlakatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan bo‘lib, tibbiyot amaliyotida qo‘llanishiga ruxsat etilmagan.

“Shu o‘rinda, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Telegram’da tarqalayotgan audio yuzasidan yurtdoshlarimiz xavotirga tushmasliklarini, xabarda aytilayotgan maʼlumotlar haqiqatga mutlaqo zid ekanligini maʼlum qiladi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »