Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi Dilorom Fayziyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Polshaga tashrifi doirasida Seym (quyi palata) raisi o‘rinbosari Kristof Bosak va Senat vitse-marshali Mixal Kaminskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.

Foto: “Dunyo” AA

Uchrashuvlarda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilingan. Ikki mamlakat o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish, hududlararo aloqalarni faollashtirish, savdo, transport yo‘laklari, “yashil” iqtisodiyot va boshqa masalalar ko‘rib chiqilgan.

Xabarda aytilishicha, tomonlar ikki davlatning siyosiy, savdo-iqtisodiy doira vakillari o‘rtasidagi aloqalar faollashganini qayd etgan holda, davlatlararo hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish uchun samarali shartnomaviy-huquqiy bazani yaratish bo‘yicha ishlarni davom ettirish zarurligini taʼkidladi.

O‘zbekiston va Polsha parlamentlarining sarmoyalarni jalb etish, iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasidagi aloqalar ko‘lamini kengaytirish, taʼlim va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash borasidagi imkoniyatlaridan keng foydalanish masalalari xususida fikr almashildi.

Seym spikeri o‘rinbosari Kshishtof Bosak O‘zbekiston tomoniga Polsha parlamenti bilan konstruktiv muloqot, o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash tarafdori ekanligi uchun minnatdorlik bildirdi. Parlament aʼzosining aytishicha, so‘nggi paytlarda YIda iqlim bo‘yicha kun tartibi mustahkamlangan va aʼzo mamlakatlardagi ishlab chiqaruvchilar uchun turli to‘lovlar joriy etilgan.

Senat vitse-marshali Mixal Kaminskining taʼkidlashicha, Polsha ikki davlat manfaatlarini hisobga olgan holda O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish tarafdoridir. Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekistondagi barqarorlik Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish va integratsiya jarayonlarini faollashtirishning kaliti hisoblanadi. 

“Markaziy Osiyo davlatlarida barqaror xavfsizlikni taʼminlash Polsha tomoni manfaatlariga to‘liq javob beradi”, — dedi u.

Polsha tomoni 2024-yilning mart oyida Toshkent—Varshava to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarining yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekiston—Polsha hamkorligini ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »