Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning Varshavadagi elchixonasida ushbu davlatda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Foto: “Dunyo” agentligi

Qayd etilishicha, uchrashuvda Polshada tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan qator taniqli banklar, IT-kompaniyalarda ishlayotgan vatandoshlar qatnashgan.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan vatandoshlar O‘zbekiston prezidenti boshchiligida mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda ishtirok etishga, zamonaviy bilim va tajribalarini ona yurt ravnaqiga yo‘naltirishga tayyor ekanliklarini bildirgan.

Tadbir davomida O‘zbekiston hamda Polsha o‘rtasidagi do‘stlik va har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan “Uzinvest Sp. z o.o.”  kompaniyasi rahbari Vohid Muhitdinovga mukofotni topshirish marosimi bo‘lib o‘tgan.

“Polshadagi diplomatik vakolatxona ko‘magida O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari 2023-yil noyabr oyida Varshavada bo‘lib o‘tgan Fast Textile xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etganidan so‘ng 30 million dollardan ortiq eksport shartnomalari imzolandi. Fursatdan foydalanib, bizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelayotgani va ushbu mukofot uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman”, — deydi Vohid Muhitdinov.

Polshadagi “JD MEBLE” mebel fabrikasi direktori Rasuljon Ibragimov o‘z chiqishida mebel ishlab chiqarish sohasida olgan bilim va tajribasini O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada rivojlantirish yo‘lida safarbar qilishga tayyorligini bildirgan. 

“Eletto Sp. z o.o.”  kompaniyasi rahbari Nizomiddin Abdullayev Polsha vino bozorini atroflicha tahlil qilish, talab yuqori bo‘lgan taqdirda ushbu mamlakatda vino sotish bo‘yicha milliy savdo uyini ochish va reklama kompaniyalarini tashkil etish rejalarini maʼlum qilgan.

Uchrashuv doirasida Polshadagi O‘zbekiston tadbirkorlari assotsiatsiyasini tashkil etish to‘g‘risida kelishib olingan. Shuningdek, assotsiatsiyaning birinchi yig‘ilishi o‘tkazilgan. Yig‘ilish ishtirokchilari Nizomiddin Abdullayevni mazkur tashkilot rahbari sifatida tasdiqlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »