Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston elchisi Amirsaid Aʼzamxo‘jayev Polsha prezidenti Anjey Dudaga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Foto: “Dunyo” axborot agentligi

Xabarga ko‘ra, taqdimot marosimi Polsha rahbarining rasmiy qarorgohi — Varshavadagi Belvedere saroyida bo‘lib o‘tdi.

Rasmiy marosim doirasida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Polsha prezidenti barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada faollashtirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi. Polsha O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi muhim va istiqbolli hamkor deb bilishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli va ortga qaytmas islohotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi alohida taʼkidlandi.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Polsha hamkorligi, ayniqsa, savdo-iqtisodiy sohada sezilarli darajada mustahkamlanib, yangi va amaliy mazmun bilan to‘ldirildi. Polsha ishbilarmon doiralarida o‘zbekistonlik hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirishga qiziqish ortib bormoqda. Ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish uchun salmoqli salohiyat mavjud.

Polshalik general Vladislav Andersning askarlari dafn etilgan maskanni obod etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirildi.

Ishonch yorliqlari topshirilgandan so‘ng elchi Varshavadagi Nomaʼlum askar qabriga gulchambar qo‘yish marosimida qatnashdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »