Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dubayda Polsha Senati aʼzosi O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda ekologik muammolarning oqibatlarini bartaraf etish yo‘nalishida hamkorlikda ishlashni taklif qilgan. Bu haqda Oliy Majlis Senati axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Aytilishicha, Tanzila Norboyeva BAAning Dubay shahrida Yevropa Ittifoqi parlamentlari delegatsiyalari aʼzolari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan. Unda Polsha senati aʼzosi Orolbo‘yi mintaqasida ekologik barqarorlikni taʼminlashda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish taklifini bildirgan.

“Polsha tomoni Orolbo‘yi mintaqasida ekologik barqarorlikni taʼminlashda Yevropa Ittifoqining ijtimoiy jamg‘armasi bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish taklifini bildirdi. Shuningdek, cho‘llanib borayotgan hududlarda o‘rmon massivlarini barpo etishda o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi”, — deyiladi Senat axborotida.

Shuningdek, Avstriya parlamenti vakillari qayta tiklanadigan energiya manbalari, xususan, shamol energiyasidan foydalanish yo‘nalishida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini bildirgan. Ruminiya parlamenti vakili bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda taʼlim, qishloq xo‘jaligi, ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarida o‘zaro tajriba almashish kabi jihatlarga eʼtibor qaratish taʼkidlangan.

Maʼlumot uchun, BMT Bosh assambleyasi Orol fojiasini hozirgi zamonning global ekologik muammosi sifatida tan olgan. Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha Parij kelishuvini O‘zbekiston ratifikatsiya qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »