Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining nimchorak finalidan o‘rin olgan ikki o‘yin 13-fevral, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Manchester Siti” safarda “Kopengagen”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 10-daqiqasida Kevin de Bryuyne ajoyib zarba bilan gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 34-daqiqada Mattsson muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi bo‘lim oxirida Bernardu Silva “shaharliklar”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘lim so‘ngida esa Foden darvozani ishg‘ol qilib, uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi. Shu tariqa Pep Gvardiola ishonchli g‘alabaga erishdi.

“Real” esa “Leypsig” mehmoni bo‘ldi va 1:0 hisobida kichik g‘alabani rasmiylashtirdi. 48-daqiqada Braim Dias tomonidan urilgan gol o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi.


YCHL

1/8 final

13-fevral, seshanba

“Kopengagen” – “Manchester Siti” 1:3

Gollar: 0:1 – 10 de Bryuyne, 1:1 – 34 Mattsson, 1:2 – 45 Bernardu Silva, 1:3 – 90 Foden.

“Kopengagen”: Grabara, Yelert, Vavro, Makkenna, Diks, Falk, Diogu Gonsalvesh (Heylund, 70), Mattsson (Larsson, 81), Elyunussi, Klasson (Kornelius, 55), Ashuri (Sorensen, 81).

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Stounz, Ruben Diash, Ake, de Bryuyne, Grilish (Doku, 21), Bernardu Silva (Mateush Nunesh, 78), Rodri, Foden, Holand.

Ogohlantirishlar: Falk (71), Diks (74), Neestrup (84).

“Leypsig” – “Real” 0:1

Gol: 0:1 – 48 Braim Dias.

“Leypsig”: Gulachi, Simakan, Orban, Klostermann, Raum, Henrixs (Aydara, 75), Shlager (Kampl, 90), Olmo (Elmaz, 76), Simons, Openda (Poulsen, 75), Sheshko.

“Real Madrid”: Lunin, Karvaxal, Nacho, Tchuameni, Mendi, Kroos, Valverde, Braim Dias (Vaskes, 84), Kamavinga, Vinisius Junior, Rodrigo (Xoselu, 84).

Ogohlantirishlar: Roze (45), Simakan (53), Karvaxal (66), Poulsen (77), Vinisius Junior (85), Sheshko (85).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »