Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dunyoning eng daromadi yuqori sportchilar ro‘yxatidan uch futbolchi joy olgan. Ro‘yxatdagi sportchilarning umumiy daromadi 100 million dollardan ortiq.

Quyida sport olamida eng ko‘p daromad oluvchilar top-5 ligi keltirilgan

5. “PSJ” jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe bir yilda 125 million dollar daromad qiladi. Shundan 100 million dollarini u oylik va turli qo‘shimcha mukofot pullari hisobidan topadi. Qolgan 25 millioni esa sportdan tashqari daromad (reklama, homiylik shartnomalar) hisoblanadi.

4. “Los Anjeles” jamoasi a’zosi, tajribali basketbolchi Lebron Jeyms yiliga 125,7 million daromad qiladi. Sportchining bir yillik mukofot pullari va maoshi 80 million dollarga teng. Qolgan qismi esa sportdan tashqari sohalardan keladi.

3. Argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi yillik 130 million daromadga ega. Messining yillik daromadi teng yarmi maosh va qo‘shimcha bonus pullaridan bo‘lsa, qolgan qismi sportdan tashqari keladigan daromadlarlar hisoblanadi.

2. Ko‘p pul topadigan sportchilar reytingining ikkinchi o‘rnini golfchi Jon Ram egallagan. Sportchining daromadi 203 million dollarni tashkil qiladi. Golf yulduzi 181 millionga yaqin daromadni maosh va qo‘shimcha mukofot pullaridan topsa, qolgan qismini esa sportdan tashqaridagi faoliyatdan ishlab topadi.

1. Ro‘yxatning birinchi o‘rnida turgan “An-Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa 273 million dollar topadi. Daromadining 215 million dollari maosh va turli bonuslar hisobiga kelsa, qolgan qismi reklama va turli sportdan tashqari faoliyat ortidan keladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »