Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yaman shimolidagi hukmron Ansor Alloh shia harakati Isroil G‘azo sektoridagi operatsiyasini to‘xtatmasa, kuchli zarbalar berishga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda husiylar matbuot kotibi Muhammad al-Buhayti ITV telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deyiladi RIA xabarida.

Foto: Euronews

Shu bilan birga, husiy vakili eskalatsiyaning ko‘plab variantlari mavjud ekanligini ta’kidlab, Buyuk Britaniya va Qo‘shma Shtatlari, xususan, mazkur davlatlarning elchixonalari va bazalariga imkon qadar hujum qilish rejalashtirilayotganini qo‘shimcha qilgan.

Agar bizda AQSH va Buyuk Britaniyaga yetib bora oladigan raketa va jangovar samolyotlarimiz bo‘lganida, ular Yamanga hujum qilishda davom etsa, ikkilanmasdan zarba berardik, — deydi  al-Buhayti.

Qizil dengiz sohillarining katta qismini nazorat qiluvchi Yaman shimolidagi hukmron husiylar harakati avvalroq Isroil bilan aloqador har qanday kemaga hujum qilish niyati haqida ogohlantirgan va boshqa davlat ekipajlarini dengizda ularga yaqinlashmaslikka chaqirgan edi. Arab va musulmon davlatlari AQSH Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashi mojaroning butun mintaqaga tarqalishiga olib kelishi haqida bir necha bor ogohlantirgan.

AQSH va Buyuk Britaniya yanvar oyi o‘rtalaridan beri husiy obyektlariga zarbalar berib, buni Qizil dengizda harakatlanayotgan kemalarga nisbatan tahdidlarga javob deb atamoqda. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »