Eslatib o‘tamiz, 19-dekabr kuni Vashington Qizil dengizda to‘siqlarsiz va xavfsiz navigatsiyani ta’minlashdan iborat bo‘lgan “Farovonlik qo‘riqchisi” operatsiyasini e’lon qildi. 12-yanvar kuni AQSH va Buyuk Britaniya xalqaro koalitsiya ko‘magida yadroviy suvosti kemasidan uchirilgan samolyotlar va Tomahawk qanotli raketalari yordamida Yamandagi husiy nishonlariga hujum qildi. Shundan keyin husiylarga yana o‘n martalab zarba berildi.