Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy rahbariyati Eron hukumatidan Yamandagi husiylarni savdo kemalariga hujum qilishidan qaytarishni so‘ragan, chunki bu ikki tomonlama savdoga xavf tug‘diradi. Bu haqda to‘rt eronlik manba va diplomatga tayanib, Reuters xabar berdi.

Foto: EPA

Pekin va Tehron delegatsiyalari ushbu masala bo‘yicha bir necha uchrashuvlar o‘tkazgan. Xitoy tomoni savdoga mumkin bo‘lgan zarar haqida hech qanday aniq izoh yoki tahdidlar bildirmagan. Manbalarga ko‘ra, Xitoy rasmiylari, agar Xitoy kemalariga zarar yetkazilsa yoki Xitoy manfaatlariga ta’sir qilsa, Erondan juda hafsalasi pir bo‘lishini ochiq aytgan.

“Xitoy mohiyatan shunday demoqda: Agar bizning manfaatlarimizga biron-bir tarzda zarar yetkazilsa, Tehron bilan biznesimizga ta’sir qiladi. Shunday ekan, husiylarga o‘zini tutishlarini ayting”, — deydi agentlik suhbatdoshlaridan biri.

AQSH tomoni Xitoydan husiylarni tiyish uchun Eron ustidan o‘z ta‘siridan foydalanishni so‘ragan, deydi Reuters agentligiga AQSHning yuqori martabali rasmiylari manbasi.

Tegishli xabarga izoh berish so‘ralganda, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi quyidagicha javob berdi:

“Pekin Yaqin Sharqning samimiy do‘sti va mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, umumiy rivojlanish va farovonlikka intilish tarafdori”, — deyiladi munosabatda.

Pekin yanvar oyida Qizil dengizdagi tijorat kemalariga hujumlarni to‘xtatishga chaqirgan, biroq o‘z bayonotida Eron yoki husiylar haqida gapirmagan. 

  • Xitoy neftni qayta ishlash zavodlari 2023-yilda Eron xom neftining 90 foizdan ortig‘ini sotib oldi. Boshqa potentsial xaridorlarga AQSh sanksiyalari to'sqinlik qiladi, natijada Xitoy neftni sezilarli chegirmada oladi. Xitoy sanksiyaga uchragan Eron, Venesuela va Rossiyadan neft sotib olib, milliardlab dollarni tejadi, bu davlatlar Pekinga xom neft importining deyarli 30 foizini ta’minlaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »