Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Husiylar Yaman qirg‘oqlari yaqinida AQSHga tegishli yuk tashuvchi kemaga raketa bilan zarba berdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: Shippinwatch

Britaniyaning Ambrey dengiz xavfsizligi kompaniyasi Yaman yaqinida AQSHga tegishli, Marshall orollari bayrog‘i ostida haraktlanuvchi kema nishonga olinganini ma’lum qildi.

“Raketa kema omborida yong‘inni keltirib chiqargan, biroq kema dengizga chiqishga yaroqliligicha qolmoqda”, — deyiladi xabarda.

Kompaniyaning qo‘shimcha qilishicha, kemaning Isroil bilan aloqasi yo‘q. Hujum amerikalik askarlarning Yamandagi husiylar pozitsiyalariga uyushtirgan hujumlari tufayli sodir etilgan. AQSH armiyasi markaziy qo‘mondonligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

“15-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:00 atrofida Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiylar Yamanning nazorati ostidagi hududlaridan kemaga qarshi ballistik raketa uchirdi va AQSHga tegishli va Marshall orollari bayrog‘i ostidagi Gibraltar Eagle konteyner kemasiga zarba berdi. Kemada jabrlanganlar yoki jiddiy vayronagarchiliklar qayd etilmagan va u o‘z yo‘lida davom etmoqda”, — deyiladi munosabatda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »