Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH va Buyuk Britaniya Italiyadan Yamandagi husiylarga zarba berishda ishtirok etishni so‘radi, biroq rad javobini oldi. Bu haqda hukumatdagi manbaga tayanib, Reuters xabar berdi.

Foto: Reuters
“Italiya AQSH va Buyuk Britaniyaning Yamandagi husiy obyektlariga qarshi tungi zarbalarida ishtirok etishdan bosh tortdi”, — deyiladi xabarda.

Reuters suhbatdoshiga ko‘ra, Rim Qizil dengizda “tinchlantiruvchi” siyosat yuritishni afzal ko‘rmoqda. Bundan tashqari, hukumat har qanday harbiy harakatlarda ishtirok etishi uchun parlament yordamiga muhtoj bo‘lib, tezkor qaror qabul qila olmaydi.

AQSH va Britaniyaning husiy obyektlariga hujumi

AQSH va Buyuk Britaniya 12-yanvar kuni Yamanning turli hududlaridagi to‘rt provinsiya, jumladan, poytaxt Sana, Hodeyda, Taiz va Saadadagi nishonlarga havo hujumi uyushtirdi. Husiylar javob zarbalari berilishidan ogohlantirdi.

 “Biz Yamanga qarshi bu tajovuzni mutlaqo oqlab bo‘lmasligini tasdiqlaymiz, chunki Qizil va Arab dengizlarida xalqaro yuk tashish uchun hech qanday tahdid yo‘q edi”, — dedi husiylar matbuot kotibi Muhammad Abdulsalom.

O‘z navbatida, Yaman husiylari o‘z nazorati ostidagi hududlarda majburiy safarbarlik e’lon qildi.

“Bizning xalqimiz ko‘plab viloyatlarda harbiy safarbarlik tadbirlariga o‘tdi, safarbarlar soni esa minglab”, — dedi “Ansor Alloh” harakati yetakchisi Abdel Malek al-Husiy. 

U husiylar tarafdorlarini qiyin vaziyatga qaramay, harbiy tayyorgarlik va namoyishlarni davom ettirishga, shuningdek, pul xayriya qilishga chaqirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »