Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on jurnalistlar bilan suhbatda AQSH va Britaniyaning Yamandagi husiylar nishonlariga bergan zarbalariga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika va Britaniya hukumatlari “Qizil dengizni qonli dengizga aylantirishga harakat qilmoqda”. Turkiya prezidentining so‘zlarini TRT Haber telekanali keltirmoqda.

“Bu yerda nomutanosib kuch ishlatish ro‘y bermoqda. Amerika hozirda Isroil va Falastindagi bu nomutanosib kuchdan xuddi shunday foydalanmoqda. Eron bularning barchasidan o‘zini himoya qilish yo‘llarini qidirmoqda. Angliya bu jarayonda Amerika bilan birgalikda qadam tashlagan va shunday qilishda davom etadi”, — dedi Erdog’on.

 
Foto: Google Images

Turkiya prezidenti undagi maʼlumotlarga ko‘ra, husiylar o‘zlarini yaxshi himoya qilayotgani va Amerika hamda Angliyaga qarshi muvaffaqiyatli javob berayotganini ham aytib o‘tdi.

12-yanvarga o‘tar kechasi Buyuk Britaniya va AQSH Yamandagi husiylarning 60 ta nishoniga hujum qildi. Radarlar, havo hujumidan mudofaa tizimlari, shuningdek, dron va raketalar uchun omborlar va uchirish maydonchalari asosiy nishonga aylandi.

Husiylar Yamandagi nishonlarga 73 ta zarba berilgani, 5 askarning halok bo‘lganini ma’lum qildi. Hujumni Avstraliya, Bahrayn, Kanada va Niderlandiya qo‘llab-quvvatladi. Kreml hujumni qoralab, bu xalqaro qonunlarga zid ekanini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »